Helmut Veith stipendiyasi – bu har yili Axborot texnologiyalari sohasida iqtidorli va qobiliyatli xotin-qizlarga Avstriyaning Vena texnologiya universitetida magistratura bosqichida bepul tahsil olish imkoniyatini beruvchi nufuzli dastur.
Nomzodlar universitetning ingliz tilida olib boriladigan Computer Science magistratura kursiga qabul qilinish istagiga ega bo‘lishlari va marhum avstriyalik olim Helmut Veith faoliyat yuritgan sohalardan kamida bittasida matematik va texnologik bilimga ega bo‘lishlari lozim.
Dastur yo‘nalishlari
Master in Logic and Computation
Master in Business Informatics
Master in Computer Engineering (Technische Informatik)
Master in Media and Human-Centered Computing
Nomzodlardan kuchli matematik bilim va quyidagi sohalarga qiziqish talab etiladi:
Logic in Computer Science;
Formal Methods and Verification;
Foundations of Artificial Intelligence;
Algorithms and Complexity;
Theory / Computer Security.
Talablar
Nomzodlar quyidagilarga javob berishi kerak:
– bakalavr bosqichini Computer Science, matematika yoki texnologiya sohasida tamomlagan bo‘lishi;
– kuchli matematik va texnik salohiyatga ega bo‘lishi;
– ingliz tilini yaxshi bilishi.
Maqbullik shartlari haqida batafsil ma’lumot ushbu havolada keltirilgan.
Foydali tomonlar
Vena texnologiya universitetida magistratura kontrakt to‘lovidan to‘liq ozod etiladi.
2 yil davomida har yili €7 000 miqdorida stipendiya ajratiladi.
Ariza topshirish tartibi
Dasturga hujjatlar ushbu havola orqali topshiriladi.
Ariza topshirishda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
– cover letter (qaysi dasturga hujjat topshirilayotgani va unga mos jihatlar ko‘rsatilgan xat);
– CV (tarjimai hol);
– motivatsion xat (nega aynan shu dastur va stipendiya tanlangani, qaysi fakultet guruhi bilan o‘qimoqchi ekani haqida ma’lumot);
– universitet imtihon baholari;
– bakalavr diplomi yoki tegishli sertifikatlar (agar o‘qish yakunlanmagan bo‘lsa, universitet muhrlangan o‘qiyotganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma);
– 2 nafar tavsiyanoma beruvchi shaxs (referee)ning kontakt ma’lumotlari;
– ingliz tili bilim darajasini tasdiqlovchi sertifikat (TOEFL yoki muqobil);
– pasport nusxasi.
Hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ma’lumot “Application Process” bo‘limida berilgan.
Muhim shartlar
Stipendiya sohiblari o‘qish jarayonida yuqori natijalarni ko‘rsatishlari shart. Har bir semestrda o‘rtacha kamida 25 ECTS krediti yig‘ish (muddat: qishki semestr uchun 30-aprel, yozgi semestr uchun 30-noyabr).
O‘rtacha baho kamida 1,5 darajada bo‘lishi lozim. Talablar bajarilmagan taqdirda stipendiya bekor qilinishi mumkin. Bundan tashqari, grant sohiblari ta’lim davrida Avstriyada istiqomat qilishlari shart.
