Prezident boshchiligidagi selektorda ikki nafar oʻqituvchi qiz vazirliklarga ishga olindi (video)

Prezident boshchiligidagi selektorda ikki nafar oʻqituvchi qiz vazirliklarga ishga olindi (video)

Joriy yil 15-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Boʻstonliq tumanida oʻqituvchi va murabbiylar bilan muloqot tadbiri bo‘lib o’tgandi.

 

 

Muloqotda Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 38-maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Billura Ikromova grantlar asosan oliy ta’lim doirasida bunday salohiyatga ega mutaxassislar ko’pligi, maktabda esa kadrlar yetishmasligini aytdi. Shu sababdan, u maktab maslahatchilarini grant takliflarini tayyorlash kurslarida o’qitishni taklif qildi.

 

 

Uning fikricha, bu maktab doirasida tashkil etilsa, investitsiyani jalb qilish imkoniyati paydo bo’ladi. Natijada esa ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida teng va izchil rivojlanishga erishish mumkin.

 

 

Shundan so’ng, prezident Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir o’rinbosari Jamshid Xodjayevga, Billura Ikromovani ishga olish vazifasini berdi.

 

‘‘Qishloqda shu ishlarni qilib grantlarni olib kelinsa, jamiyat o’zgaradi, islohot tezlashadi’’, — dedi prezident.

 

Muloqot davomida, Namangan viloyati, Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi 37-maktabning ingliz tili fani oʻqituvchisi Nodira Nabiyeva o’zi ishlab chiqqan metodik qo’llanmani ommalashtirib, O‘zbekistondagi eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bolalar uchun ingliz tilini o’rganish imkonini bermoqchiligini aytdi.

 

 

Prezident esa mas’ul xodimlarga To’raqo’rg’on hududidan ko’chmasdan Nodira Nabiyani ishga olib unga oylik berishini buyurdi.

 

 

Izoh: Nodira Nabiyeva “inglizcha-oʻzbekcha surdo lugʻat” yaratgan boʻlib, Germaniyaning “Lambert Academic Publishing’’ nashriyotida uning “Teaching English to deaf students” nomli kitobi chop etilgan. 8 ta tilda tarjima qilingan mazkur adabiyot AQSHning Galladet universitetida yordamchi oʻquv-uslubiy qoʻllanma sifatida foydalanilmoqda.

 

 

Ma’lumot uchun, mazkur tadbirning ertasiga ikkala o‘qituvchiga prezident sovgʻasiBYD CHAZOR avtomobillari topshirildi.