Yangi tashkil etilyotgan maktablarga pedagoglarni ishga qabul qilish uchun tanlov boshlandi

Yangi tashkil etilyotgan maktablarga pedagoglarni ishga qabul qilish uchun tanlov boshlandi

Yangi tashkil etilayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablariga pedagoglarni ishga qabul qilish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qilindi. Oliy ma’lumotga ega nomzodlar 5-avgustga qadar pedagog.uzedu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

 

Yangi tashkil etilyotgan maktablarga pedagoglarni ishga qabul qilish uchun tanlov boshlandi. Bu haqda MMTV  xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, yangi tashkil etilayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablariga oliy ma’lumotga ega yuqori salohiyatli pedagoglar shaffof tanlov asosida ishga qabul qilinadi.

 

Nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni 2026-yil 5-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Arizalar pedagog.uzedu.uz platformasi orqali topshiriladi.

 

Tanlov e’lon qilingan maktablar ro‘yxati biulan quyida tanishishingiz mumkin:

 

Yangi tashkil etilyotgan maktablarga pedagoglarni ishga qabul qilish uchun tanlov boshlandi

Shuningdek, tanlovning barcha bosqichlari ham aynan pedagog.uzedu.uz platformasida o‘tkaziladi.

 

Qo‘shimcha ma’lumot olish istagida bo‘lganlar o‘z hududidagi maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalariga murojaat qilishlari mumkin.

 

Avvalroq, oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar uchun magistraturaga maqsadli qabul boshlangani haqida xabar bergan edik.