Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan o‘tkazilgan muloqotda Romitan tumanidagi 38-maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Billura Ikromova boshlagan ezgu ishni alohida e’tirof etdi:
Bugungi tadbirimizda o‘zi yosh bo‘lishiga qaramasdan, yuzlab o‘g‘il-qizlarimizni yuqori marralarga yetaklayotgan kogonlik qizimiz Billura Ikramova ham qatnashyapti.
Billura qizimiz top-200 talikka kiradigan Buyuk Britaniyaning Reding oliygohini bitirib, katta-katta idoralardan bo‘lgan takliflarni rad etib, Romitanning eng chekka qishlog‘idagi maktabda ingliz tilidan dars bermoqda.
Billura TESOL, ESOL va IELTS (C1) kabi nufuzli xalqaro sertifikatlar sohibi, qishloq qizlari uchun mentorlik loyihasi tashabbuskori hisoblanadi.
Uning tashabbusi bilan yirik grantlar uchun loyihalar tayyorlanib, yuzlab yoshlar xorijda ta’lim olish va ijtimoiy dasturlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Bugun bu fidoyi muallimaga yuksak ishonch ramzi va mehnatlarining e’tirofi sifatida Prezident sovg‘asi – BYD CHAZOR avtomobili tantanali tarzda topshirildi.
– Mamalakatimizda o‘qituvchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar tufayli mening yuksak orzularim ro‘yobga chiqdi va men bugun bor salohiyatim va kuch-g‘ayratimni Ona Vatanim ravnaqi, taraqqiyotiga safarbar etishga bel bog‘laganman, – deydi Billura.

