O‘zbekistonga olib kirish, tarqatish va namoyish etish tаqiqlаngаn mаteriаllаr ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekistonga olib kirish, tarqatish va namoyish etish tаqiqlаngаn mаteriаllаr ro‘yxati e’lon qilindi

Din ishlar bo‘yicha qo‘mita ️Oliy sud tomonidan ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan, O‘zbekistonga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi.

2025-yil 2-sentyabr holatiga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari murojaatiga asosan Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan tayyorlangan dinshunoslik ekspertizasi xulosasi asosida Oliy sudning 115 dan ortiq qarori chiqarilgan. Ularga muvofiq, 1 400 dan ortiq kontent radikal mazmunda deb topilgan.

 

Jumladan:

— Telegram’da — 709 ta,

— Facebook’da —220 ta,

— YouTube’da — 104 ta,

— Instagram’da —239 ta,

— TikTok’da — 46 ta,

— Odnoklassniki’da —27 ta,

 

Shuningdek, veb-saytlar, elektron kitoblar, maqolalar va nashidalar bo‘yicha 40 ta kontent taqiqlangan.

 

​Taqiqlangan materiallarning batafsil ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.