Sinfxonadagi loyihaviy fikrlash nima va buni o‘quvchilarga qanday foydasi bor?

Sinfxonadagi loyihaviy fikrlash nima va buni o‘quvchilarga qanday foydasi bor?

Loyihaviy fikrlash — bu natijaga erishish uchun bosqichma-bosqich reja tuzish, g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish kabi uslub.

 

 

Bunda muammo yoki mavzu tanlanadi. Masalan: “Mahalliy ekologik muammo” yoki “Ota-onalar uchun o‘zimiz tayyorlagan ko‘rgazma”.

 

 

Guruh ishchi jamoalari shakllantiriladi — reja tuziladi, bo‘linadi, har kimning roli aniqlanadi.

 

 

Manbalardan foydalaniladi — o‘quvchilar mustaqil izlanish olib boradi, Internet, intervyular, joylarda kuzatish orqali material to‘playdi.

 

 

Yakuniy mahsulot tayyorlash — poster, model, video, prezentatsiya yoki kichik ko‘rgazma shaklida namoyish qilinadi.

 

 

Ushbu metodning foydali jihatlari quyidagicha:

 

 

– o‘quvchilar mavzuni amalda qo‘llaganda, tushunchalar yodda uzoq vaqt qoladi.

 

– murakkab vaziyatlar tahlil qilinadi, yechim topish ruhi rivojlanadi.

 

– guruh ichida muloqot, fikr almashish, konstruktiv bahs — bular hammasi sinfxonada rivojlanadi.

 

– o‘quvchilar o‘z darslarini kundalik hayotdagi masalalarga bog‘lashi, aynan shu narsani da’vat qiladi.

 

– o‘quvchilarda original fikrlash, ijodiy yondashuv qobiliyati shakllanadi.

 

 

Mazkur jarayonlarda vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, resurslarni samarali nazorat qilish muhim ahamiyatga ega. Bu orqali vizual, kinestetik, auditorli o‘qish uslublari qamrab olinadi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish