Maktab o’quvchisining hayotiga xavf solgan haydovchi jazoga tortildi

Maktab o’quvchisining hayotiga xavf solgan haydovchi jazoga tortildi

Piyodalar oʻtish joyidan oʻtayotgan bolaning hayotini xavf ostida qoldirgan haydovchi qonuniy jazosini oldi. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda bo’lgan holat aks etgan video tarqaldi.  Vidoe orqali yo’lni kesib o’tayotgan maktab o’quvchisini damas rusumli mashina haydovchisi urib ketishiga bir bahya qolganini ko’rish mumkin.

 

Ma’lum qilinishicha, haydovchiga nisbatan Jinoyat sudi tomonidan BHM ning 25 baravari miqdorida jarima va 1-yil muddatga haydovchilik huquqidan mahrum etish jazosi tayinlandi.