“Farzandlarimni oʻqitdim, endi navbat oʻzimga” — Navoiyda 63 yashar talaba oʻqimoqda

“Farzandlarimni oʻqitdim, endi navbat oʻzimga” — Navoiyda 63 yashar talaba oʻqimoqda

Navoiy davlat universitetida 63 yashar talaba oʻqimoqda. Shuhrat Nurboyev 1962-yilda tugʻilgan. Hozirda kimyo yoʻnalishi 3-bosqich talabasi. U davlat imtihonlarida yuqori ball toʻplab, davlat granti asosida oʻqishga kirgan.

 

«Bu yoshda sizga oʻqish nega kerak?» degan savolga talaba quyidagicha javob bergan:

 

“Farzandlarimni oʻqitdim, endi navbat oʻzimga, erta-kechi yoʻq. Nevaralarim «Bobom oʻqimagan ekan” demasligi uchun oʻqiyapman, oliy maʼlumotli boʻlishim kerak», –  dedi Shuhrat bobo.

 

Ma’lumotlarga ko’ra, 63 yashar talaba har kuni boshqa talabalar qatori darsga kiradi va kursdoshlari bilan amaliy mashgʻulotlarda qatnashadi. Sessiya topshirar, imtihonlardan biridan yiqilib, biridan aʼlo baholarga oʻqiydi. Stipendiyasidan nabiralariga sovgʻa-salom oladi.