1–11-sinf o‘quvchilari uchun ERP.PORTFOLIO platformasi joriy etilishi aytilmoqda

1–11-sinf o‘quvchilari uchun ERP.PORTFOLIO platformasi joriy etilishi aytilmoqda

Maktablarda 1–11-sinf o‘quvchilarining portfolio bazasi shakllantiriladi. Bu haqda UzA xabar berdi.

 

 

Ushbu platforma maktab maslahatchilari tomonidan yuritiladi hamda 2028-2029-o‘quv yilidan shahodatnomada qayd etiladi.

 

 

Aytish lozimki, bog‘cha, maktab, akademik litsey va kasbiy hamda oliy ta’lim tizimida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yagona tizim asosida tashkil etish zarurati bugungi kunning muhim talablaridan biridir.

 

 

Shuningdek, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ham aniq konseptual tizim amaliyotga tatbiq etiladi.