Magistratura va Ph.D darajasini Janubiy Koreyada o‘qimoqchi bo‘lgan, shuningdek, qo‘shma magistratura yoki PhD dasturida ishtirok etmoqchi bo‘lgan talablar uchun Janubiy Koreyaning Guanjou Institute of Science and Technology – GIST oliygohi 100% grant taqdim etadi. Magistr bosqichi tamomlash uchun o‘rtacha 2 yil (uzog‘ 3 yil); PhD uchun 4 yil (uzog‘i 7-8 yil.).
IT va STEM sohasiga qiziquvchi nomzodlar ariza topshirishlari mumkin. Yo‘nalishlar keltirilgan umumiy ro‘yxat bilan bu yerda tanishishlari mumkin.
Maqbullik shartlari
— Qabul mudati tugagunga qadar magistratura yoki PhD bosqichi uchun ariza topshirish;
— Bakalavr yoki PhD diplomi topshirilayotgan yo‘nalishga mos yoki yaqin bo‘lishi va baholari yaxshi/a’lo bo‘lishi;
— Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat so‘ralgan darajadan past bo‘lmasligi kerak (tanlangan yo’nalishdan kelib chiqadi).
Foydali tomonlari
— O‘qish badali 100% qoplanadi.
— Magistrlarga 140.000 KRW($103), PhD talabalariga 295.000 KRW ($212) va qo’shimcha oziq-ovqat uchun 100,000 KRW ($87), xalqaro talabalar uchun mos 120.000 KRW ($86) oylik stipendiya.
— Tadqiqot uchun har yili magistr talabalariga 6 400 000 KRW ($4,596); PhD talabalariga 13,740,000 KRW ($10,653).
— 60% sug‘urta puli qoplanadi.
— Yillik shifokor ko‘rigi.
— Borish uchun havo yo‘li chiptasi (qaytish hisobda yo‘q).
Eslatma: Qabul qilinganlar 1 martalik o‘quv to‘lovi (680,000 KRW; tah. $571) to‘lashlari lozim. Moliyaviy tomondan muhtoj talabalar ariza topshirish vaqtida to‘lay olmaslik haqidagi bo‘limni to‘dirish va qo‘shimcha talablarni bajarish orqali badaldan ozod bo‘lishlari mumkin.
Dasturning manfaatli tomonlari bilan bu yerda batafsil tanishish mumkin.
