Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi bir lavhada yuzaga kelgan norozichilik ijtimoiy tarmoqlarda keng munozaralarga sabab bo‘ldi: maktab o‘quvchilari avtobusga chiqarilmagani ortidan, hokimlik tomonidan bepul qatnov tashkil etildi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea 3-sentabr kuni Paxtachi tumani Nazarobod qishlog‘idagi sodir bo’lgan. «Oqtosh-Shaxzod» MCHJ ga qarashli «Saxoba-Oqtosh» yo‘nalishida xizmat ko‘rsatadigan avtobus haydovchisi 19 nafar o‘quvchini maktabga olib ketishni inkor etgan. Haydovchi holatni o‘quvchilar «yo‘l haqi to‘lamadi» deb izohlagan.
Bu holat ijrosizlik sifatida baholanib, haydovchi Musurmon Bobojonov 4-sentabr kuni hokimlik buyrug‘i asosida ishdan bo‘shatildi. So‘ng, Paxtachi tumanining 28-maktabiga qatnaydigan 19 nafar o‘quvchi hamda 34-maktabga qatnaydigan 3 nafar o‘quvchi uchun hududiy byudjet hisobidan bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Tuman hokimligiga ko‘ra, bu holat takrorlanmasligi uchun choralarga tayyorlik ko‘rilmoqda. Hokimlik, shuningdek, voqeani e’tiborga olgan ijtimoiy tarmoq faollari va jamoatchilikka minnatdorlik bildirdi.


