Toshkent viloyatida talaba 4,3 kg sintetik giyohvandlik modda bilan qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida talaba 4,3 kg sintetik giyohvandlik modda bilan qo‘lga olindi
Toshkent viloyatida talaba 4,3 kg sintetik giyohvandlik vositasi bilan qoʻlga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.

 

Qayd etilishicha, Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi, 2002-yilda tugʻilgan shaxs oʻzining Spark rusumli avtomashinasida narkoguruh tashkilotchilari tomonidan berilgan topshiriqqa koʻra, Toshkent tumaniga borib, muqaddam narkokuryerlar tomonidan dala maydonidagi xufiya joyga yashirib qoʻyilgan 4 kg 300 gr “alfa-PVP” moddasini qabul qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Toshkent shahridagi xususiy oliy taʼlim muassasasining 3-kurs talabasi boʻlgan ushbu shaxs internet tarmogʻi orqali sintetik narkotiklar savdosi bilan shugʻullanuvchi jinoiy guruhning faol aʼzosi boʻlgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda uning jinoiy sheriklarini aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.