Hozircha yangi maktab formasi joriy etilmadi, endi o‘quvchilar maktabga istalgan kiyimda borishi mumkinmi?

Hozircha yangi maktab formasi joriy etilmadi, endi o‘quvchilar maktabga istalgan kiyimda borishi mumkinmi?

Savol! Yagona maktab formasini joriy etish talabi hozir mavjud bo‘lmagani uchun bolalar o‘zlari istagan kiyimda maktabga borsa bo‘laveradimi?

 

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktyabrdagi 550-sonli qarori bilan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun tasdiqlangan shakllarga uyg‘un maktab formasi joriy etishi talabi bekor qilingan.

 

Lekin shunday bo‘lsa-da, o‘quvchilar ta’lim muassasasiga maktab ustovida yoki tartib va odob-axloq qoidalarida belgilangan formada kelishlari shart.

 

Ya’ni, faqatgina yagona maktab formasi talabi bekor qilingan, oddiy ko‘rinishdagi maktab formasi emas. Xalqtaliminfo.uz buni quyidagicha tushuntirgan:

 

Yagona maktab formasi – bu hukumat tomonidan belgilangan va barcha maktablar uchun bir xil dizayn va rangdagi yagona forma.

 

Oddiy maktab formasi – bu har bir maktabning o‘z ixtiyoriga ko‘ra tanlagan o‘ziga xos dizayn va rangdagi formasidir. Bunda har bir maktab o‘zi uchun mos bo‘lgan forma turini tanlashi yoki tanlamasligi ham mumkin.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 31-avgustdagi 282-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan **»Umumiy o‘rta ta’lim muassasasiining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari»**ga ko‘ra, o‘quvchilarga ta’lim muassasasi Ustovida belgilangan formada tashqari qiyofada, jumladan, yengil bo‘laklar kalta shim, futbolka, shippakda va qiz bolalar kalta, ochig‘i, tor va tanani shaffof ko‘rsatuvchi kiyimda kelishi hamda be’ani va harmoqlariga turli xil taqinchog‘lar taqishi taqiqlangan.

 

Shuningdek, o‘quvchilar tana va yuziga kiyinishi, sochlariga, tirnoq va tartibiga belgilangan holda tutishlari lozim. Demak, hukumat tomonidan yagona maktab formasi joriy qilinmagan bo‘lsa, u holda bu maktab ustovi bilan tartibga solinadi.

 

Shu sababli, har bir ta’lim muassasasi o‘zining ustovida o‘quvchilar uchun belgilangan maktab formasini tasdiqlab qo‘ygan bo‘lishi maqsadga muvofiq.

 

Xulosa qilib aytganda, barcha o‘quvchilar ta’lim muassasasining Ustavi hamda tartib va odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari kerak.

 

Muhim eslatma: Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni majburiy ravishda forma kiyishiga jalb qilish maqsadida ota-ona hamda pedagog xodimlardan pul mablag‘i yig‘ish taqiqlanadi.