2025-2026-oʻquv yili uchun maktablarning 1-sinfiga qabul qilingan oʻquvchilarning umumiy soni joriy yil 11-avgustga qadar umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga 666 782 nafar bola (90 %) qabul qilindi.
Avvalroq, 1-sinfga elektron qabul joriy etilgan hududlarda mikrohudud doirasidagi qabul jarayonlari 1-avgustga qadar davom etgan, mikrohududdan tashqari qabul jarayoni joriy yil 1-avgust kuni soat 10:00 dan boshlangandi. Shuningdek, 2-iyulga qadar umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga 470 297 nafar bola (63 %) qabul qilingandi.
Eslatib oʻtamiz: mikrohududdan tashqaridagi maktablarga qabul jarayonlari 15-avgustga qadar davom etadi.
Hududlar kesimida:
Qoraqalpog’iston Respublikasi – 34 110 nafar
Andijon viloyati – 61 326 nafar
Buxoro viloyati – 33 853 nafar
Jizzax viloyati – 29 141 nafar
Qashqadaryo viloyati – 69 997 nafar
Navoiy viloyati – 18 928 nafar
Namangan viloyati – 58 526 nafar
Samarqand viloyati – 83 211 nafar
Surxondaryo viloyati – 59 086 nafar
Sirdaryo viloyati – 15 636 nafar
Toshkent viloyati – 52 448 nafar
Farg’ona viloyati – 72 514 nafar
Xorazm viloyati – 34 929 nafar
Toshkent shahri – 43 077 nafar
