Magistraturani shu yil tamomlaganlar attestatsiyada birinchi toifaga daʼvorgarlik qiloladimi?

Magistraturani shu yil tamomlaganlar attestatsiyada birinchi toifaga daʼvorgarlik qiloladimi?

Nizomning 10 bandida: «Ilgari attestatsiyadan oʻtmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlarga yoki oliy taʼlim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlarga attestatsiyaga jalb etilgunga qadar quyidagi tartibda malaka toifasi (lavozim) berilishi:

 

-magistr darajasiga ega mutaxassislarga, shuningdek, oliy maʼlumot darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy maʼlumotli pedagog kadrlarga — ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi)».

 

Nizomning 48 bandida:  «Pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanishi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanishi belgilab qoʻyilgan.

 

Shundan kelib chiqadiki, agar pedagog qishda magistraturani tamomlaydigan bo’lsa, dastlab toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi toifa olish boʻyicha murojaat yuborishi, ikkinchi toifa Sertifikatini olgandan keyin esa birinchi toifa olish uchun navbatdan-tashqari attestatsiyada ishtirok etishi mumkin.