Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga, shuningdek, yuqori sinf oʻqituvchilariga ham toifa berishda milliy sertifikatlar uchun imtiyoz berilmaydi.
Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o’tkazish to’g’risidagi nizomning 36-bandiga muvofiq, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega chet (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) tili fani oʻqituvchilariga navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan maksimal 80 ball beriladi hamda ular ushbu malaka sinovidan ozod etiladi.
Bunda sertifikatga ega pedagoglar ikkinchi bosqich sinovida ishtirok etishlari majburiy hisoblanadi.
C1 yoki unga tenglashtirilgan milliy yoki xalqaro sertifikatlar uchun faqat shu fanlarga va faqat majburiy attestatsiyada imtiyoz beriladi.
