Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bo‘yicha video-yo‘riqnoma

Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bo‘yicha video-yo‘riqnoma

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2025-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari kerak bo‘ladi.

 

 

Abituriyentlar quyidagilarni tanlashi lozim:

 

 

➖ oliy taʼlim muassasasi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasiga mos ta’lim yo‘nalishi mavjud OTM);

 

➖ bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos yo‘nalish);

 

➖ taʼlim shakli (turli ta’lim shakllarini tanlash mumkin);

 

➖ tanlov ustuvorligi (“Davlat granti” yoki “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorliklaridan biri).

 

 

Abituriyentlar test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin.

 

 

Sayt manzili: my.uzbmb.uz (“Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi => “OTM tanlash”)

 

 

Muddat: 2025-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar (shu kunlari ham)

 

 

Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.