Bugun bakalavriat uchun kirish imtihonlari to‘liq yakunlanadi

Bugun bakalavriat uchun kirish imtihonlari to‘liq yakunlanadi

Xabaringiz bor, joriy o‘quv yili uchun kirish imtihonlari 14-23-iyul kunlari jami 10 kun davomida O‘zbekiston bo’ylab o‘tkazilmoqda.

 

 

Ertaga oxirgi kun natijalari e’lon qilinadi. Shunda barcha abituriyentlarning natijalari ma’lum bo’ladi. Shundan so‘ng, abituriyentlarga yo‘nalish tanlash imkoniyati ochiladi. Yo‘nalish tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi.

 

 

15 kun o‘tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak.

 

 

Imtihonga oid muddatlar:

 

 

14-23-iyul — test jarayonlari;

 

24-iyuldan 7-avgustgacha — yo‘nalish tanlash jarayoni (taxminiy muddat, o’zgarishi ham mumkin);

 

8-17-avgust — mandatni tayyorlash jarayoni (taxminiy muddat);

 

17-avgust — mandat kuni (taxminiy muddat);

 

18-27-avgust — oliygohga kira olmagan abituriyentlarning texnikumlarni tanlash jarayoni (taxminiy muddat).

 

 

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilgi muddatlar:

 

14-25-iyul — test jarayonlari;

27-iyuldan 10-avgustgacha — yo‘nalish tanlash jarayoni;

11-17-avgust — mandatni tayyorlash jarayoni;

17-avgust — mandat kuni;

18-27-avgust — oliygohga kira olmagan abituriyentlarning texnikumlarni tanlash jarayoni.

 

 

Ko‘rib turganingizdek, o‘tgan yili abituriyentlar soni ko‘proq va test muddati uzoqroq bo‘lganda ham mandat muddatidan oldin chiqqan edi. Demak, joriy yilda mandat yanada vaqtliroq chiqish ehtimoli ham yo‘q emas.