O‘zbekistonlik talabalar Universiada-2025 sport o‘yinlari sovrindori bo‘ldi

O‘zbekistonlik talabalar Universiada-2025 sport o‘yinlari sovrindori bo‘ldi

2025-yil Germaniyaning Reyn-Rur shaharlari va Berlinda Butunjahon yozgi Universiada-2025 sport o‘yinlarida bo‘lib o‘tmoqda.

 

 

Unda o‘zbekistonlik sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda.

 

 

Milliy terma jamoamiz a’zosi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Najmiddin Qosimxojiyev taekvondo bahslarida 74 kg vazn toifasida ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.

 

 

Najmiddin kuchli raqiblarga qarshi shiddatli bahslar olib borib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

 

O‘zbekistonlik talabalar Universiada-2025 sport o‘yinlari sovrindori bo‘ldi

 

 

Shuningdek, musobaqaning beshinchi kuni Taekvondo WT yo‘nalishida milliy terma jamoamiz a’zosi, O‘zDJTSU talabasi Marat Mavlonov +87 kg vazn toifasida kumush medali sohibiga aylandi.

 

O‘zbekistonlik talabalar Universiada-2025 sport o‘yinlari sovrindori bo‘ldi