Ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 14,7 trln so‘mga yetdi — statistika

Ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 14,7 trln so‘mga yetdi — statistika

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-may oylarida taʼlim sohasidagi xizmatlar hajmi 14,7 trln soʻmni yoki koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 4 % ini tashkil etgan.

 

 

Bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 8,9 % ga oshgan.

 

 

Taʼlim sohasidagi xizmatlarning umumiy hajmida oliy taʼlim sohasidagi xizmatlar ustunlik qilib, 2025-yilning yanvar-may oylaridagi ulushi 49,2 % ni tashkil etgan.

 

 

Avvalroq, 2025-yilning yanvar-mart oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 8,1 trln so‘mni yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 3,8 % ini tashkil etgan edi.