Ayni paytda oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari davom etmoqda.
Ushbu jarayonlarni shaffof va adolatli o‘tkazish maqsadida ota-onalar va keng jamoatchilik uchun test sinovlarini istalgan joydan test2025.uz platformasida onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgan.
Ta’kidlash lozim, 2025-2026-o‘quv yilida kirish test sinovlari ikki smenada o‘tkaziladi. Bunda:
– talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan yoki @ruxsatnoma_uzbmb_bot telegram-boti orqali bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.
