Xabaringiz bor, 2025-2026 oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan 10-iyundan 10-iyulga qadar onlayn qabul qilish bo‘lib o‘tdi.
Kecha, 10-iyul kuni soat 23:59 da qabul jarayonlari yakunlandi. 9-sinf bitiruvchilari tomonidan jami 49 362 ta ariza yuborilgan.
Ma’lumot uchun, 9-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul davom etmoqda. Bugungacha 134 568 ta ariza kelib tushgan. Talabgorlar 5-iyuldan boshlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining my.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Qabul 20-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
Texnikum bitiruvchilari OTMning 2-bosqichidan oʻqishi mumkin boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari tasdiqlangan.
Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTMlarga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish boʻyicha 1 370 ta ariza kelib tushgan. Qabul 25-iyulgacha davom etadi. Turdosh yoʻnalishlar roʻyxati
