Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq, Rosobrnadzor quyidagi ta’lim muassasalarining litsenziyalarini bekor qildi va bir oliygohga talabalar qabulini taqiqladi:
2011-yil 4-maydagi №99-FZ “Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Federal qonunga asosan, quyidagi OTMlarning ta’lim faoliyati litsenziyalari bekor qilindi:
Xususiy oliy o‘quv yurti — “Janubiy menejment instituti”;
Nodavlat xususiy oliy ta’lim muassasasi — “Radioelektronika, servis va diagnostika instituti”.
2012-yil 29-dekabrdagi №273-FZ “Rossiya Federatsiyasida ta’lim to‘g‘risida”gi Federal qonun hamda Rosobrnadzor ko‘rsatmasining bajarilmaganligi sababli, Nodavlat oliy ta’lim muassasasi “Dog‘iston tibbiyot stomatologiya instituti”ga talabalar qabul qilish taqiqlab qo‘yildi.
