Garvard universiteti chet ellik talabalarni AQSh aeroportlarida qat’iy tekshiruvlar, jumladan shaxsiy qurilmalar ko‘zdan kechirilishi va ijtimoiy tarmoqlardagi faollik tahlil qilinishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Avvalroq, AQSH prezidenti Donald Tramp Garvard universitetida tahsil olayotgan chet ellik talabalarning shaxsiy maʼlumotini so‘raganligi haqida xabar bergan edik.
Universitetning xalqaro aloqalar bo‘limi va Garvard huquq maktabi tomonidan tashkil etilgan onlayn brifingda talabalar Falastin, AQSh siyosati va boshqa nozik mavzularga oid kontentlarni e’lon qilishda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirilgan.
Garvard universiteti qanday algoritmlar ishlayotgani va bu monitoring qo‘lda yoki sun’iy intellekt yordamida amalga oshirilayotganini bilmasligini ta’kidlagan. Biroq ular yopiq (private) akkauntlar ham tekshiruvdan himoyalanmasligini, ayniqsa zo‘ravonlik yoki tahdid sifatida talqin qilinishi mumkin bo‘lgan mavzularda hazil qilishdan tiyilishni tavsiya qilgan.
