O‘zbekiston Respublikasining 2020-yilning 6-yanvar kunidagi 600-sonli ‘‘Davlat boji to‘g‘risida’’gi qonuniga ko‘ra, pedagog xodimlar kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida o’z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro’sini himoya qilish bilan bog’liq ishlar yuzasidan sudga murojaat qilganda davlat bojidan ozod qilingan.
Qonunchilikning 8-moddasi 1, 3, 4 va 5-2-bandlariga ko‘ra, quyidagi holatlarda pedagoglar sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi:
– da’vogarlar — ish haqini undirish to‘g‘risidagi da’volar va mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan;
– da’vogarlar — mehnatda mayib bo‘lganligi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;
– da’vogarlar — qonunga xilof ravishda hukm etganlik, jinoiy javobgarlikka tortganlik, ma’muriy jazo berganlik tufayli jismoniy shaxsga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bilan bog‘liq nizolar yuzasidan;
– pedagog xodimlar — kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish bilan bog‘liq ishlar yuzasidan sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.
