Manzil: 17 Kichik Xalqa Yo’li, Тоshkent 100095, Узбекистан
Telefon: +99871230508
Litsenziya raqami: № 038673
Manzil: 17 Kichik Xalqa Yo’li, Тоshkent 100095, Узбекистан
Telefon: +99871230508
Litsenziya raqami: № 038673
Agarda o‘qituvchi o‘rindoshlik asosida ishlagan bo‘lsa, bu o‘qituvchiga ishlagan davri uchun ta’til puli (otpusknoy) hisoblanmaydi.
2023/2024-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-o‘qituvchilar, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab esa bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining tegishli toifaga ega bo‘lmagan pedagog kadrlari kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi.
II bosqich tuman xalq taʼlimi boʻlimlari tomonidan Maktab bosqichida (I bosqich) 1,2,3-oʻrinlarni egallab gʻolib boʻlgan oʻquvchilar oʻrtasida oktyabr oyida oʻtkaziladi. Akademik litseylar oʻquvchilari hamda Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning Maktab bosqichi gʻoliblari Tuman bosqichida ishtirok etmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri III (Viloyat) bosqichida ishtirok etadilar. II bosqichda (Tuman) har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar […]
So‘nggi paytlarda kirish test sinovlarida huquqshunoslik fanlaridan test topshiriqlarining ayrimlariga ijtimoiy tarmoqlarda e’tirozlar bildirilmoqda. Mazkur masala bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan munosabat bildirildi. Bayonot mazmuniga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha shakllantiriladigan test topshiriqlari butun hujjat asosida emas, balki o‘quv dasturida keltirilgan qismidan tuzilgan. Shunga ko‘ra, huquqshunoslik fanlaridan test topshiriqlarini shakllantirishda ham amaldagi DTS […]
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Respublika ta’lim markazi 2024-2025-o‘quv yili uchun yangi darsliklarni ishlab chiqdi. Quyidagi havolalar orqali 5-sinf matematika fani darsligi va mashq daftarlarini o’zbek, rus va qoraqalpoq tillarida yuklab olishingiz mumkin: Darsliklar: 5-sinf matematika rus darslik 5-sinf matematika qoraqalpoq darslik Mashq daftarlari: 5-sinf o’zbek […]
Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2024-yil 20-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi. Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi “O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin. Izoh: mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon […]
Polshaning sobiq Yevropa Ittifoqi qonunchisi va Yevropa Parlamentining vitse-prezidenti Ryszard Czarnecki Collegium Humanum xususiy universiteti tomonidan amalga oshirilgan noqonuniy harakatlar sabab hibsga olingani aytilmoqda. Universitet Polshaning Markaziy Korrupsiyaga qarshi kurash byurosi (CBA) tomonidan tekshirilmoqda. Xususan, byuro Collegium Humanum universiteti MBA diplomlarini moddiy va shaxsiy manfaatlar evaziga berib, talabalarni Polshaning davlat kompaniyalari boshqaruv kengashlariga kiritganini da’vo […]
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining o‘zbek tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikatda yuqori ball (A va A+) to‘plagan 14−30 yosh oralig‘idagi fuqarolarga imtihon topshirish xarajatlari to‘liq qoplab berilishi loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Mablag‘ Yoshlar ishlari agentligi jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi. Mazkur xarajatlarni qoplab berish amaliyoti 2025-yil 1-yanvardan boshlanishi reja qilingan. Ariza beruvchi imtihon […]
Kollej va texnikumlarda o‘qishni xohlovchilarga qo‘shimcha imkoniyat berilmoqda. Buning uchun 25-sentyabrga qadar my.uzbmb.uz orqali onlayn yoki bevosita ta’lim muassasasining o‘ziga murojaat qilishlari lozim Vazirlik xabariga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarga qabul qilish bo‘yicha quyidagi imkoniyatlar taqdim etilmoqda: – bo‘sh o‘rinlari (vakant) mavjud bo‘lgan kollej va texnikumlarga abituriyentlar test natijalari asosida ikkita […]
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, davlat muassasalari va tashkilotlar xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish holatlari yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilgan. Xususan, Agentlik tomonidan Transport, Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Madaniyat vazirliklari va ularning tizim tashkilotlari o‘rganilganda ularda faoliyat yuritayotgan 107 nafar boshqaruv xodimi 116 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlangani […]
Shuningdek, kvotalarni oliygohlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinadi, qabul parametrlarini oliygohlarning o‘zi belgilaydi.
2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan (Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda) umumta’lim maktablari o‘qituvchilariga daftarlar va yozma ishlarni tekshirish uchun maoshlarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi. Kam komplektli (ya’ni, sinf yoki sinf-komplektdagi o‘quvchilar soni 15 nafargacha bo‘lgan) maktablarda esa bu miqdor eng kam oylik ish haqining 25 foizini tashkil etadi. Ushbu […]
Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5-19-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati xabar qildi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika bo‘yicha 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi . Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan ruxsatnoma abituriyentning shaxsiy […]
Vazirlar Mahkamasining nizomiga muvofiq, vazirlik quyidagi hollarda nodavlat oliygoh litsenziyasini bekor qilish to‘g‘risida sudga murojaat qilishi mumkin: – litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni litsenziyalovchi organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda; – litsenziyalovchi organning litsenziya berish to‘g‘risidagi qarorining qonunga xilofligi aniqlanganda; – litsenziat litsenziya talablari va shartlarini bir […]
Agar oʻqituvchi yoki boshqa shaxs darsga halal bersa, shu jumladan, oʻquvchilarni baholashga aralashsa ular uchun maʼmuriy javobgarlik bor. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 197-5-moddasiga muvofiq, taʼlim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga taʼlim oluvchilar bilimini toʻgʻri va xolis baholashiga taʼsir koʻrsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki taʼlim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish: […]
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘qish dasturlarini ta’lim tashkilotlari joriy etishi belgilangan. O‘quv rejasida, qoida tariqasida, ta’lim jarayonining jadvali, muddati va davriyligi, o‘quv yillari, choraklar, semestrlar, amaliyot, ta’tillar, attestatsiya, ajratilgan haftalar soni, o‘rganiladigan fanlar va ularga ajratilgan soatlar hamda boshqa zarur parametrlar aks ettiriladi. Qonundan ko‘rinib turibdiki, ichki […]
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangandagi 3 ta oliy ta’lim muassasasi birlashishi haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Gap Namangan muhandislik-qurilish instituti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti hamda Namangan to‘qimachilik sanoati instituti haqida ketmoqda. Birlashtirilgan OTMlar Namangan davlat texnika universiteti deb nomlanishi mumkin. Ushbu ma’lumotga vakolatli tashkilotlar tomonidan hozircha rasmiy munosabat bildirilmadi. Ta’kidlash lozim, shu yilning boshida Toshkent davlat […]
Asosiy fan olimpiadalarining ikkinchi (tuman) va uchinchi (hududiy) bosqichlarini oʻtkazish tartiblari boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligining 2024-yil 11-oktyabrdagi 331-sonli buyrugʻi imzolandi. Unga koʻra, 2024-2025-oʻquv yilida umumtaʼlim fanlari boʻyicha asosiy olimpiadaning ikkinchi tuman (shahar) va uchinchi – hududiy bosqichlari hamda xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning birinchi bosqichini oʻtkaziladi. Qoraqalpog’iston […]
Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, hodisa 2023-yil 28-oktyabr kuni Zarafshondagi 3-sonli maktabda, bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida tanaffus paytida ro‘y bergan. “Tartibsizlikni keltirib chiqargan va ishtirok etgan o‘quvchilarning ota-onalariga hamda maktab rahbariyati va mas’ul xodimlari ish […]
9-sentyabr kuni Qatar davlati poytaxti Doha shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Qatarning “Ta’lim har narsadan ustun” (“Education Above All”) fondi o‘rtasida afg‘on ayollarini O‘zbekistonda tibbiyot sohasida o‘qitishni tashkil etishni nazarda tutuvchi memorandum imzolandi. Mazkur kelishuv doirasida 160 nafar afg‘on ayolini O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitishi rejalashtirilgan. […]