QS-2027 reytingi: Dunyoning eng kuchli universitetlari TOP-10 taligi

QS-2027 reytingi: Dunyoning eng kuchli universitetlari TOP-10 taligi

Oliy ta’lim muassasalari reytingini baholash bo‘yicha dunyodagi nufuzli tashkilotlardan biri — Buyuk Britaniyaning Quacquarelli Symonds (QS) kompaniyasi “QS World University Rankings 2027” reytingini e’lon qildi.

 

Avvalroq, O‘zbekistonning 6 ta oliygohi “QS World University Rankings 2027” ro‘yxatidan o‘rin olgani haqida xabar bergan edik.

 

Economx nashri xabariga ko‘ra, joriy yilgi reytingda o‘tgan yilga nisbatan qariyb 340 ta ko‘proq universitet baholangan. Umuman olganda, 106 mamlakatdagi 8 808 ta universitet o‘rganilib, ulardan 1 504 tasi eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritilgan.

 

TOP-10 universitet:

 

  • 1-o‘rin — Massachusetts texnologiya instituti (MIT, AQSH)

Massachusetts Texnologiya Instituti (MIT) – AQShning Massachusets shtati, Kembrij shahrida joylashgan xususiy tadqiqot universiteti. U ko‘plab xalqaro reytinglarda dunyoning 1-raqamli oliy ta’lim muassasasi deb e’tirof etilgan bo‘lib, muhandislik, sun’iy intellekt, kvant hisoblashlari va iqtisod yo‘nalishlarida global yetakchi hisoblanadi.

 

  • 2–3-o‘rinlar — London Imperial kolleji (Buyuk Britaniya) va Stenford universiteti (AQSH)

London Imperial kolleji – Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan davlat tadqiqot universiteti bo‘lib, unda asosan fan, texnologiya, tibbiyot va biznesga eʼtibor qaratiladi.

 

Stenford universiteti – Amerika Qoʻshma shtatlarining Kaliforniya shtatida joylashgan xususiy universitet. Fan, texnologiya, biznes boshqaruvi va boshqa bir qancha sohalar boʻyicha AQShda va jahonda yetakchi oʻrinda turadi. U yerda 17,000 dan ortiq talaba tahsil oladi.

 

  • 4-o‘rin — Oksford universiteti (Buyuk Britaniya)

Oksford universiteti – Angliyada joylashgan yirik va qadimiy universitet. Ingliz tilida gaplashadigan dunyoda eng qadimiy universitet va butun dunyodagi ikkinchi eng eski hozirgacha mavjud boʻlgan universitet. Unda ilohiyot, huquq, tibbiyot, klassik adabiyot, yangi va eng yangi tarix, ingliz tili va adabiyoti, oʻrta asr va hozirgi zamon Yevropa tillari va adabiyoti, sharqshunoslik, fizika, matematika, biologiya, qishloq xoʻjaligi fanlari, psixologiya, antropologiya, geografiya, sanʼatshunoslik, musiqa boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi.

 

  • 5-o‘rin — Garvard universiteti (AQSH)

Garvard universiteti – Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi qadimiy va taniqli universitetlardan biri. 1636-yilda kollej sifatida tashkil etilgan. XIX asrning 1-choragida universitetga aylantirilgan. Universitet ijtimoiy, tabiiy va yuridik fanlar, tibbiyot, pedagogika, amaliy fizika, siyosiy iqtisod, muhandislik va boshqa sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi.

 

  • 6-o‘rin — Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya)

Kembrij universiteti – Buyuk Britaniyadagi eng qadimiy universitetlardan biri boʻlib eng qadimgi universitetlar boʻyicha 3-oʻrinda turadi. Cambridge universiteti XIII asrning 1209-yilda ochilgan. Unda filologiya, musiqa, sharqshunoslik, iqtisod va siyosat, tarix, huquq, falsafa, injenerlik geoleogiyasi va geografiya, matematika, fizika, kimyo, arxeologiya, biologiya, tibbiyot, pedagogika, antropologiya va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi.

 

  • 7-o‘rin — Kaliforniya texnologiya instituti (Caltech, AQSH)

Kaliforniya Texnologiya Instituti (Caltech sifatida mashhur) – Kaliforniyaning Pasadena shahridagi xususiy tadqiqot universiteti. Universitet fan va muhandislik sohasidagi kuchliligi bilan mashhur, asosan sof va amaliy fanlarni oʻqitishga bagʻishlangan. Caltech dunyodagi hamda AQShdagi eng yaxshi akademik institutlar qatoriga kiradi.

 

  • 8–9-o‘rinlar — London universitet kolleji (UCL, Buyuk Britaniya) va Syurix oliy texnika maktabi (ETH Zurich, Shveytsariya)

London Universitet kolleji (UCL) – Buyuk Britaniyaning eng qadimgi va nufuzli universitetlaridan biri. Universitet markaziy Londonda joylashgan bo‘lib, talabalarga tibbiyot, muhandislik, san’at va menejment kabi ko‘plab sohalarda yuqori sifatli ta’lim taklif etadi.

 

Syurix universiteti (UZH-University of Zürich, nemischa: Universität Zürich) — Shveysariyadagi yirik universitet. Shveysariyalik cherkov islohotchisi va siyosiy arbob, u Svingli asos solgan (1523) maktab negizida 1833-yil tashkil etilgan. Unda teologiya, huquq, iqtisodiyot, tibbiyot, sanʼat, tarix, arxeologiya, falsafa, adabiyot, lingvistika, pedagogika va psixologiya, astronomiya, biologiya, genetika, geologiya, fizika, geografiya, kimyo, matematika va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi.

 

  • 10-o‘rin — Singapur milliy universiteti (National University of Singapore).

Singapur milliy universiteti – Singapurdagi milliy tadqiqot universiteti hisoblanadi. 1905-yilda Federativ Malay shtatlari hukumati tibbiyot maktabi sifatida tashkil etilgan va mamlakatdagi eng qadimgi avtonom universitetdir. U bakalavriat va aspirantura darajasida, jumladan tibbiyot va stomatologiya, dizayn va atrof-muhit, huquq, sanʼat va ijtimoiy fanlar, muhandislik, biznes, hisoblash va musiqa kabi keng koʻlamli fanlar boʻyicha ilmiy dasturlarni taklif etadi.

 

QS reytingida universitetlar 9 ta asosiy mezon asosida baholanadi. Ular qatoriga oliygohning akademik obro‘si, ilmiy maqolalarga keltirilgan iqtiboslar soni hamda ish beruvchilarning fikrlari kiradi.

 

Shuningdek, bitiruvchilarning muvaffaqiyati, xorijiy professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar ulushi, ilmiy tadqiqotlarning xalqaro hamkorlik darajasi ham inobatga olinadi.

 

Bundan tashqari, reytingda professor-o‘qituvchilar va talabalar soni o‘rtasidagi nisbat hamda universitetlarning barqaror rivojlanish yo‘nalishidagi yutuqlari ham baholanadi.