Joriy yilgi 2-mutaxassislikka onlayn ariza topshirish tartibi va shartlari haqida

Joriy yilgi 2-mutaxassislikka onlayn ariza topshirish tartibi va shartlari haqida

Joriy yilning 10-iyuldan boshlab, allaqachon oliy maʼlumotga ega boʻlganlar (bakalavr/diplomli mutaxassis) ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim yoʻnalishlariga qabul qilinadi.

 

 

Amaldagi tartibga ko‘ra, 2025-yilda ikkinchi mutaxassislikka qabul jarayoni 10-iyuldan 10-avgustga qadar davom etadi. Ushbu qabul faqat onlayn shaklda amalga oshiriladi. Nomzodlar o‘z hujjatlarini my.edu.uz platforma orqali topshiradilar.

 

 

Onlayn ariza topshirish tartibi

2-mutaxassislikka hujjat topshirish uchun abituriyent quyidagi bosqichlarni bajarishi lozim:

 

 

– pasport ma’lumotlari va JSHSHIR raqamini tizimga to‘g‘ri kiritish;

 

– diplom va uning ilovasining skaner qilingan elektron nusxalarini yuklash;

 

– o‘qish istagi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlash.

 

 

Bu jarayon orqali nomzodlar istagan yo‘nalishda ikkinchi oliy ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

 

 

Qabul muddati: 10-iyul – 10-avgust

 

Imtihon tartibi: OTMning rasmiy veb-saytida 1-iyulgacha eʼlon qilinadi. Har bir OTM oʻzining kvotalari va imtihon talablarini o‘zi belgilaydi.

 

 

2-mutaxassislik bo‘yicha o‘qish shartlari

Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

 

 

Qabulda ishtirok etish uchun abituriyentda avvalgi oliy ma’lumot to‘g‘risida diplom bo‘lishi majburiy.

 

 

Ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha ham sirtqi ta’lim shaklida yangi qabul amalga oshirilmaydi. Ushbu yo‘nalishda ta’lim olishni istovchilar uchun kunduzgi, masofaviy yoki kechki ta’lim shakllarining mavjud ta’lim yo‘nalishlari tavsiya etiladi.

 

 

Natijalar 30-avgustgacha chop etiladi.

 

 

Oʻqish 2-kursdan boshlanadi va standart oʻqish muddatidan 1 yil qisqaroq boʻladi.

 

 

Eslatma: Bu qoidalar harbiy oliy taʼlim muassasalariga tatbiq etilmaydi.

 

 

Ma’lumot uchun, ikkinchi mutaxassislikka o’qishga kirishda bakalavrni qaysi yo‘nalishni tamomlaganlik ahamiyatli emas. Ya’ni avval matematika yo’nalishini tamomlab, keyin ikkinchi mutaxassislikka biologiya yo’nalishiga topshirish mumkin. Bu bo’yicha hech bir cheklov yo’q.