Joriy yilning 10–12-iyul kunlari Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari uchun kirish imtihonlari bo‘lib oʻtadi.
Kirish imtihonlari talabgorlarning oʻz hududlarida – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.
Yaʼni hududlardan mazkur maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda qatnashishi uchun Toshkent shahriga kelishlari talab etilmaydi.
Diqqat, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda mazkur maktabning Nukus, Andijon, Buxoro, Fargʻona, Guliston, Jizzax, Samarqand, Urganch shaharlaridagi filiallari uchun kirish imtihoni bir vaqtda boʻlib oʻtadi.
Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 105 daqiqa vaqt beriladi.
Eslatib oʻtamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (105 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varagʻini belgilash uchun qoʻshimcha vaqt berilmaydi.
Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga SMS-xabarnoma yuboriladi.
Shundan soʻng, imtihon oʻtkaziladigan joy nomi va vaqti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qayd etilgan ruxsatnomani Shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.
