Manzil: Termiz shahar, Bog‘i shamol MFY, Farovon 1-chi mavze, 4-b uy
Telefon: +998954120707
Litsenziya raqami: № 056563
(Yuklab olish)
Manzil: Termiz shahar, Bog‘i shamol MFY, Farovon 1-chi mavze, 4-b uy
Telefon: +998954120707
Litsenziya raqami: № 056563
(Yuklab olish)
“Oʻquvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident 393-son (15.11.2024) qarori qabul qilindi. Unga koʻra, 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta (Prezident, ijod, ixtisoslashgan taʼlim muassasalari) taʼlim tashkilotlarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani nufuzini oshirish va uning rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan yangi tizim joriy etiladi. Yangi tizimga koʻra: ➖“Vatan […]
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi muhokama qilindi. Qonun loyihasida talabalarning shartnoma pullarini to‘layotgan aka-uka va opa-singillarga ham soliq imtiyozini qo‘llash ya’ni ularning daromadlariga soliq solmaslik nazarda tutilmoqda. Bugungacha bunday imtiyoz faqatgina talabalarning ota-onalariga nisbatan qo‘llanilar edi. […]
Endilikda o‘quvchilar va ota-onalar eMaktab (Kundalik.uz) platformasiga telegram ilovasi orqali foydalanishlari mumkin.
Asosiy fan olimpiadasining TUMAN bosqichi quyidagi belgilangan sanalarda tegishli fanlardan o’tkazilishi rejalashtirilmoqda: ➖ 22-oktabr – Tarix, Geografiya, Qozoq tili, Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan; ➖ 23-oktabr – Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Davlat va huquq asoslari fanlaridan; ➖ 24-oktabr – Kimyo, Rus tili va adabiyoti, Tojik tili fanlaridan; ➖ 25-oktabr – Biologiya, Fizika, […]
Maktablarda ish vaqtiga oid qoidalar maktabning ichki mehnat tartib qoidalarida belgilanadi. Chunki Mehnat kodeksining 174-moddasiga asosan korxonada mehnat tartibi ish beruvchi kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlaydigan ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi. Shuningdek, bunda oʻqituvchining ish vaqti uning ish yuklamasidan kelib chiqib aniqlanadi. 1 stakva miqdorda (yuqori […]
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarga kontrakt pulining bir qismi qoplab beriladi. Kontraktning qancha qismi toʻlab beriladi? Imtiyoz qaysi OTMlarda amal qiladi? “Super kontrakt” ham toʻlab beriladimi? Qayerga murojaat qilish kerak? Ta’lim nazorati telegram sahifasi quyidagi maqolada ushbu imtiyozdan foydalanish tartibini tushuntirgan. Xususiy universitetda oʻqiyotganlarga ham imtiyoz beriladimi? […]
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berildi. Qo‘shimcha qabul asosida o‘qish […]
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-sonli buyrug‘iga asosan, ta’lim muassasasining binosi va uning hududida o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar: – dars jadvalida ko‘rsatilgan fanlar bo‘yicha barcha darsliklar va o‘quv qurollari sig‘adigan o‘quvchi uchun mos bo‘lgan sumkadan foydalanish; – ta’lim muassasasiga mashg‘ulotlar boshlanishidan 10-15 daqiqa oldin, maktab ustavida belgilangan o‘quvchilar libosida kelish; […]
Navoiy shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Aziza Neʼmatova “Women In Tech” global dasturining Kavkaz va Oʻrta Osiyo mintaqasi boʻyicha “Intiluvchan yosh” mukofotini qoʻlga kiritgan ilk oʻzbekistonlik boʻldi. U axborot texnologiyalari sohasida katta natijalarga erishmoqda. Xususan, “Kiberxavfsizlik klubi” ish oʻrganuvchisi hamda “Girls in Research” loyihasida kvant hisoblashlarga asoslangan zamonaviy kompyuterlar boʻyicha ilmiy ish muallifi […]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida musiqa madaniyati fani oʻqitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan oʻqituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra; 2025-yil 1-martdan boshlab: -musiqa madaniyati fani oʻqituvchilari uchun nazariy va amaliy taʼlim asosida malaka oshirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi; 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab: – Bolalar musiqa […]
Koson tumanidagi 18 ming tup daraxtga ega 77-maktab 2023-yilda 2 ming AQSH dollaridan ortiq daromad topdi. Bundan tashqari, tumandagi 28-maktab 13 mingdan ortiq mevali, manzarali daraxtlarga ega. Ushbu maktab ham nihol, ko‘chatchilik bilan shug‘ullanadi va yillik qo‘shimcha daromadi o‘rtacha 2500 AQSH dollarini tashkil etadi. Maktablarda topilgan daromad orqali iqtidorli o‘quvchilar va ustoz, murabbiylarni rag‘batlantirish […]
Bugun maktabgacha, umumtaʻlim va maktabdan tashqari taʻlim muassasalari pedagoglari uchun malaka toifa sinovlari boshlandi. Unda 150 mingdan ortiq hamkasblar ishtirok etishi rejalashtirilgan. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi. Mazkur toifa sinovlarida 136 ming pedagog navbatdan tashqari qatnashish istagini bildirgan. Shu munosabat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova […]
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova e’lon qilgan xabarga ko’ra, Ilk marotaba o‘tkazilayotgan “Jadidlar izidan” tanlovda 364 906 nafar o‘quvchilar ishtirok etish istagini bildirdi. Sektor, tuman-shahar bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 416 nafar ishtirokchi hududiy bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. – 12-noyabr Namangan viloyatidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida; – 14-noyabr Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 26-umumta’lim […]
Hukumatining tegishli (11.01.2022 yildagi 17-son) qarori bilan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan edi. Shu nizom asosida bir qancha talabalar ma’lum yo‘nalish doirasida tegishli OTM larga o‘qishga qabul qilingan. Joriy yilgi qabulda ham ushbu nizomdagidek, texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra […]
Amaldagi tartibga ko‘ra, yakuniy davlat attestatsiyasi quyidagilardan biri ko‘rinishida topshirilishi mumkin. 1. Majburiy fanlardan (fanlararo) yakuniy davlat attestatsiya sinovi; 2. Diplom loyihasi himoyasi; 3. Bitiruv malakaviy ishi (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi. Bularning qay birini tanlash bitiruvchilarning iqtidori, xohishi va ta’lim xususiyatidan kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasasi Kengashi qarori bilan belgilanadi.
Oʻqituvchilar ish vaqtini hisobga olib borish oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari tomonidan, u ishda boʻlmagan hollarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari yoki kadrlar boʻyicha menejer (inspektor) tomonidan amalga oshiriladi. Bunda maktab oʻqituvchisi pedagogik yuklamasining bajarilishini hisobga olish har kuni ishga kelish va ketish jurnali orqali yuritiladi hamda har oylik ish vaqtini hisobga olish tabelida […]
Kuni kecha dunyoning eng nufuzli reyting tashkilotlaridan biri hisoblangan Quacquarelli Symonds 2024-yilgi QS Stars audit baholash reytingi natijalarini e’lon qildi. Reytingda 8 ta faoliyat yo‘nalishi va 50 dan ortiq ko‘rsatkichlar bo‘yicha nufuzli dunyo universitetlari faoliyati chuqur tahlil qildi. Unga ko‘ra Samarqand davlat universiteti ishtirok etgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal 1000 balldan 780 […]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi tegishli qarorlari bilan qo‘shimcha kvotalar ajratilishi belgilangan: – 17-noyabr 2017-yildagi PQ-3394-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar uchun besh foizli qo‘shimcha qabul kvotalari, – 14-may 2018-yildagi PQ-3726-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar […]
2025-yil sentabrdan oliy va birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning oylik maoshini oshirish taklifi bildirildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev maktabgacha va maktab ta’limi sifatini oshirish, pedagoglar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimot davomida, maktablarda bilimli va izlanuvchan pedagoglar ko‘payishini doimiy rag‘batlantirish zarurligi ta’kidlandi. Hududlardagi 11 ta pedagogika kollejini Malaka oshirish markazlari […]
Kollej va texnikumlarda o‘qishni xohlovchilarga qo‘shimcha imkoniyat berilmoqda. Buning uchun 25-sentyabrga qadar my.uzbmb.uz orqali onlayn yoki bevosita ta’lim muassasasining o‘ziga murojaat qilishlari lozim Vazirlik xabariga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarga qabul qilish bo‘yicha quyidagi imkoniyatlar taqdim etilmoqda: – bo‘sh o‘rinlari (vakant) mavjud bo‘lgan kollej va texnikumlarga abituriyentlar test natijalari asosida ikkita […]