2025-yil 1-apreldan boshlab, Rossiyada maktabda o‘qishni istagan chet el fuqarolarining bolalari uchun rus tilini bilish darajasini aniqlash maqsadida maxsus test joriy etilgandi.
Rossiya Ta’lim nazorati xizmati (Rособрнадзор) rahbari Anzor Muzaev 19-iyun kuni Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida bu boradagi natijalar haqida xabar berdi.
Muzaevning aytishicha, 1-apreldan 25-maygacha bo‘lgan davrda 3 677 nafar xorijlik ota-onalar farzandlarini rus maktablariga joylashtirish uchun hujjat topshirgan. Shulardan 509 nafar bola test sinovida qatnashgan.
270 nafar bola (55%) testni muvaffaqiyatli topshirgan,
239 nafari (45%) esa testdan o‘ta olmagan.
Hujjat topshirganlarning faqat 7 foizi testni muvaffaqiyatli topshirish shartini bajargan. Faqat ana shu guruhgina Rossiya maktablariga o‘qishga kirish huquqiga ega bo‘lgan.
Shuningdek, Muzaev bu testda omadsizlikka uchragan bolalar 3 oydan keyin qayta topshirish huquqiga ega ekanini eslatib o‘tgan.
«Parlament gazetasi» xabariga ko‘ra, ko‘plab migrant bolalar umuman testga qo‘yilmagan. Sababi — ota-onalari kerakli hujjatlarni to‘plashga qiynalgan. Testda qatnashishga ruxsat etilganlar orasida esa faqat uchdan ikki qismi sinovdan o‘ta olgan.
Natijalar kelib chiqib, testdan o‘ta olmaganlar esa maxsus tayyorgarlik kurslariga yuboriladi. Shuningdek, rus tili bo‘yicha chet ellik bolalar bilan ishlovchi o‘qituvchilar uchun ham malaka oshirish dasturi ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.
