2025-yilgi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo‘nalishlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayoni davom etmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 17-iyun soat 10:00 holatiga qadar ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 200 953 nafarni tashkil etdi.
Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
O‘zbek tili — 176 331 nafar;
Rus tili — 20 823 nafar;
Qoraqalpoq tili — 3 205 nafar;
Boshqa tillar — 594 nafar.
Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
Erkaklar — 95 640 nafar;
Ayollar — 105 313 nafar.
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 25-iyunga qadar davom etadi.
