Qaysi turdagi abituriyentlar imtihonsiz o‘qishga kirish imtiyoziga ega?

Qaysi turdagi abituriyentlar imtihonsiz o‘qishga kirish imtiyoziga ega?

Hukumatning tegishli qarorlariga ko‘ra, ayrim hollarda davlat oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlar imtihonsiz o‘qishga kirish imtiyoziga ega.

 

 

Imtihonsiz davlat granti asosida

 

– harbiy qism qo‘mondonligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tavsiyanomasiga ega abituriyentlar;

 

– harbiy xizmatchilarning farzandlari;

 

– ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari;

 

– bojxona organlari xodimlarining farzandlari;

 

– Respublika va xalqaro sport musobagalari g‘oliblari;

 

– Respublika va xalqaro shaxmat va shashka turnirlari g‘oliblari;

 

– Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari;

 

– “Nihol” mukofoti sohiblari;

 

– Madaniyat vazirligining respublika ko‘rik-tanlovlari g‘oliblari;

 

– ‘‘Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari;

 

– “Tarbiyachi” respublika tanlovi g‘oliblari;

 

– “Hamshira” respublika tanlovi g‘oliblari;

 

– O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol aʼzolari;

 

– xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;

 

– Prezident maktablari bitiruvchilari.

 

 

Imtihonsiz kontrakt asosida

 

– Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar va ijod maktablarining bitiruvchilari;

 

– “Zakovat” intellektual o‘yini g‘oliblari;

 

– Profilaktika inspektorlari.