Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Parkent tumanida 3 nafar bola suvga choʻkib halok boʻlgani haqidagi xabarlar tarqaldi.
Ma’lum bo‘lishicha, hodisa kecha, 14-iyun kuni soat 14:00 lar atrofida Parkent tumanida sodir boʻlgan.
Unga ko‘ra, bir guruh bolalar tumanning Surxi mahallasi hududidan oʻtgan Parkentsoyning qurigan oʻzanida hosil boʻlgan koʻlmakka choʻmilishga borgan. Shunda bolalardan 3 nafari suvga choʻkib, halok boʻlgan.
Bolalarning jasadi koʻlmakdan olib chiqilgan. Suvning chuqurligi 2 metrgacha yetgan. Bu yerda choʻmilish mumkin boʻlmagan.
