Xitoyda sun’iy intellekt tarmoqlari maktab savollariga javob berishni to‘xtatdi

Xitoyda sun’iy intellekt tarmoqlari maktab savollariga javob berishni to‘xtatdi

Joriy yilning 7-10 iyun kunlari Xitoyda sun’iy intellekt tarmoqlari maktab savollariga javob bermay qo‘ydi. Bu haqda Fortune nashriyoti xabar bergan.

 

 

Xitoyda Alibaba kompaniyasining mashhur Qwen nomli chat boti va shu kabi sun’iy intellekt vositalari Xitoydagi imtihonlar sababli ishlashi vaqtinchalik to‘xtatilgan. Unda topshiriqlarning rasmli variantlarini tanimay, savollarga ham javob bermay qo‘ygan.

 

 

Ma’lum bo‘lishicha, foydalanuvchilar neyron tarmoqlarga so‘rov kiritganlarida «Yordam bera olmayman, bu adolatsizlik, 7-10 iyun kunlari ushbu funksiyalar mavjud emas» degan javobni bergan.