“Work and Travel” dasturi asosida Germaniyaga kelgan bir guruh talabalarga yordam koʻrsatildi

“Work and Travel” dasturi asosida Germaniyaga kelgan bir guruh talabalarga yordam koʻrsatildi

Germaniyadagi Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari yoz mavsumida tashkil etiladigan “Work and Travel” dasturi asosida Germaniyaga kelgan va qiyin moliyaviy ahvolda qolgan Qoraqalpoq davlat universiteti talabalariga amaliy yordam koʻrsatishdi, deb xabar qilmoqda «Dunyo« AA muxbiri.

 

Safarning birinchi kunidan rejalashtirilgan manzil va ish joyiga yetib bora olmagan hamda yotoqsiz qolgan 14 nafar talaba, diplomatlar va Frankfurt-Mayn shahridagi faollar koʻmagida Bosh konsulxonaga olib kelingan.

 

Issiq ovqat bilan taʼminlanganlaridan ishlash va sayohat qilish maqsadida Germaniyaga kelgan mazkur talabalar bilan muammolarni yuzaga kelish sabablari, mahalliy ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasini bajarilishi holatlari boʻyicha suhbat oʻtkazildi. Ularga Germaniyada boʻlish qoidalari tushuntirildi, oʻz xavfsizliklarini taʼminlash, shaxsiy mulk va hujjatlarini ehtiyot qilishlari yuzasidan tegishli choralar koʻrishlari lozimligi aytib oʻtildi.

 

Moliyaviy jihatdan qiyin ahvolda qolgan talabalarga tezkorlik bilan yordam koʻrsatish maqsadida Oʻzbekiston Migratsiya agentligi bilan xar bir talaba belgilangan meʼyorda kunlik xarajatlar uchun zarur mablagʻ bilan taʼminlandi va mehmonxonada yashash xarajatlarini qoplash berish yuzasidan agentlik bilan kelishib olindi.

 

Shuningdek, talabalarga Frankfurt-Mayn shahridan vaqtincha yashab turishlari uchun mehmonxonadan joy olishda amaliy yordam koʻrsatildi.