Hukumatning 2024-yilning 5-iyun kunidagi 320-sonli qaroriga ko’ra, 10-iyundan boshlab abituriyentlarni akademik litseylarga hujjat topshirish jarayonlari boshlanadi.
Talabgorlar hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinadi.
Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:
3,5×4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).
Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda:
– oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);
– qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.
Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
Qabul jarayonlari 10-iyundan 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.
Qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni akademik litseylarda tashkil etilgan “Call-center” raqamlari orqali olishingiz mumkin.
Maʼlumot uchun, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseylari uchun hujjatlar https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.
O‘quvchilarni akademik litseylarga qabul qilish
SXEMASI
| Bosqichlar | Mas’ullar | Chora-tadbirlar | Bajarish muddati | |||
| 1-bosqich | Oliy ta’lim muassasalari va akademik litseylar | Maslahat kengashlarini tashkil etadi. | Har yili 1-iyunga qadar | |||
| 2-bosqich | Akademik litseylar va Maslahat kengashlari | Abituriyentlarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishini tashkil etadi. | Har yili 10-iyundan 10-iyulga qadar | |||
| 3-bosqich | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi | Akademik litseylarga imtihonlar o‘tkazish sanasi hamda qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimotini O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga kiritadi. | Har yili 1-iyulga qadar | |||
| 4-bosqich | Bilim va malakalarni baholash agentligi | Akademik litseylarga kirish test sinovlarini o‘tkazadi. | Har yili iyul oyida | |||
| 5-bosqich | Oliy ta’lim muassasalari va akademik litseylar | Imtihonlarning yakuniy natijalarini o‘z rasmiy veb-sayti orqali e’lon qiladi. | Imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng uch kun ichida | |||
| 6-bosqich | Akademik litsey direktori | O‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar to‘g‘risida buyruqni rasmiylashtiradi. | Yakuniy natijalar e’lon qilingandan so‘ng uch kun ichida | |||
