Oʻzbek bolalar adabiyotiga oid kitob turk tiliga tarjima qilindi

Oʻzbek bolalar adabiyotiga oid kitob turk tiliga tarjima qilindi

Kecha, 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida “Oʻzbek bolalar adabiyoti. Kichkintoy kitobxonlar uchun katta hikoyalar” nomli tanlangan hikoyalar toʻplami turk tiliga tarjima qilindi. Bu haqda UzA xabar berdi.

 

 

Ushbu kitob yozuvchi Normurod Norqobilov qalamiga mansub bo’lib, unga bolalarda vatanga, ota-onaga va tabiatga sevgi-muhabbat tuygʻularini tarbiyalovchi “Quyosh botmaydigan yurt”, “Oʻgʻil”, “Oqboʻyin”, “Kapalak”, “Toshbaqa” kabi 30 dan ortiq qissa va hikoyalar kiritilgan.

 

 

Tarjima asarning taqdimoti Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida boʻlgan. Ushbu kitobning dunyo yuzini koʻrishida universitetning yosh ijodkorlardan iborat tarjimonlar guruhi, professor-oʻqituvchilar mehnati singan.