Ustamalar uchun hujjatlarni qabul qilish qachongacha davom etadi?

Ustamalar uchun hujjatlarni qabul qilish qachongacha davom etadi?

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 12-bandiga ko‘ra, umumta’lim muassasalarida tashkil etilgan Ishchi guruh har yili 1-iyulga qadar umumta’lim muassasasining har bir pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari faoliyatini baholashi va navbatdagi o‘quv yili uchun yuqori natija ko‘rsatgan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama miqdorini belgilashi lozim.

 

Ya’ni, Ishchi guruh maktabda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar hamda kutubxona xodimlari faoliyatini tasdiqlangan mezonlar asosida o‘rganib chiqib baholashi va 10 foizdan 40 foizgacha bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash to‘g‘risidagi qarorni 1-iyulga qadar chiqarishi mumkin.

 

To‘g‘ri, ayrim ta’lim muassasalaridagi Ishchi guruhlar pedagog xodimlarning katta qismi iyun oyidan boshlab mehnat ta’tiliga chiqib ketishini hisobga olib, 1-iyulni kutib o‘tirmay iyun oyining boshidayoq pedagoglarga ustama tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilib qo‘yadilar.

 

Lekin bu unchalik ham to‘g‘ri qaror emas. Chunki, ayrim hollarda pedagoglarga bo‘liq bo‘lmagan vaziyatlar vujudga kelishi mumkin.

 

Shu sababli, yuqoridagi kabi ayrim holatlarni e’tiborga olib, ta’lim muassasalaridagi Ishchi guruhlar nizom talabi bo‘yicha, pedagoglarga har oylik ustama belgilash to‘g‘risidagi qarorni iyun oyining boshida emas, aynan 1-iyulga qadar qabul qilishi maqsadga muvofiq.

 

Manba: Xalqtaliminfo.uz