4 million AQSh dollarlik Ilmiy-tadqiqot markazi ish boshlaydi

4 million AQSh dollarlik Ilmiy-tadqiqot markazi ish boshlaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida muhandislik kadrlarini tayyorlash tizimidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida oliy ta’lim muassasalarida ilmiy faoliyatni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan edi.

 

 

Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida “University of Business and Science” (UBS) va Janubiy Koreyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Sejong universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

 

 

Shu sababdan, joriy yilning 22-may kuni Sejong universitetining Nanostrukturali materiallar ilmiy-tadqiqot markazi direktori Prof. Kim Ki Buem va Prof. Hong Sung Hwan UBSga tashrif buyurgan.

 

 

Tashrif doirasida UBS Kuzatuv kengashi raisi professor Elyorjon Jumayev hamda rektor professor Karimjon Boymirzayev ishtirokida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muzokaralar o‘tkazilgan.

 

4 million AQSh dollarlik Ilmiy-tadqiqot markazi ish boshlaydi

 

Muzokaralar yakunida UBS va Sejong universiteti o‘rtasida umumiy qiymati 4 million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan Ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish bo‘yicha rasmiy shartnoma imzolangan.

 

 

Ushbu markaz orqali UBS professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalari Seul shahrida joylashgan Sejong universiteti huzuridagi laboratoriyalarda zamonaviy ilmiy izlanishlar olib borish, innovatsion loyihalarni amaliyotga tatbiq etish hamda global ilmiy hamjamiyat bilan integratsiyalashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

 

 

Ta’kidlash joizki, Sejong universiteti muhandislik sohasi bo‘yicha ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni tashkil etishda Janubiy Koreyaning eng yetakchi oliygohlaridan biri hisoblanadi.