Buxoro viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari doirasida oʻtkazilgan profilaktik chora-tadbirlar davomida voyaga yetmaganlarning avtomashina boshqarish holatlari aniqlandi.
Unga ko’ra, jami 23 ta holatda voyaga yetmagan maktab oʻquvchilari tomonidan avtotransport vositasini boshqarib yurganlik holatlari qayd etilgan.
Ma’lum bo’lishicha, aksariyat holatlarda ota-onalar oʻzi farzandiga avtomashina boshqarishga ruxsat bergan. Har bir holat yuzasidan ota-onalarga nisbatan belgilangan tartibda tegishli choralar koʻrilgan.
