Vazirlik “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri faqat 1 soat davom etishi bo‘yicha rasmiy ko‘rsatma berdi

Vazirlik “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri faqat 1 soat davom etishi bo‘yicha rasmiy ko‘rsatma berdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu yil “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirini o‘tkazish haqidagi ko‘rsatma xati  imzoladi. Bu haqda xalqtaliminfo.uz o’z manbasiga tayanib xabar bermoqda.

 

 

2025-yil 21-may kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2024-2025-o‘quv yilini yakunlash va “Ilm – eng buyuk sharaf!” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida 592-xdfu xati imzolandi.

 

 

Vazirlikning ushbu ko‘rsatma xatida aytilishicha, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-may kungi VM-21/25-93-sonli bayoniga asosan tashkil etilmoqda.

 

 

Ushbu ko‘rsatmada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini joriy yilning 24-may kuni ertalab soat 8:00 dan 9:00ga qadar tashkil etish belgilangan.

 

 

Shuningdek, ko‘rsatmada quyidagilar nazarda tutilgan:

 

–  tadbirlar davomida namunali xulqli va a’lo baholarga o‘qigan iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirish, o‘quvchilarning ota-onalariga “Minnatdorchilik xat”larini topshirish;

 

–  tadbirlarni xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda maktab hovlisidagi soya, salqin va ochiq maydonlarda tashkil etish;

 

–  maktab rahbariyati, sinf rahbarlari hamda o‘quvchilar ota-onalarga restoran, kafe va xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni o‘tkazmaslik, turli maqsadlar uchun pul yig‘maslik to‘g‘risida tushuntirish va qat’iy ogohlantirish berish.

 

 

Shu bilan birga joriy yil 24-30-may kunlari barcha hududlarda “Xayr bog‘cha – salom maktab!” shiori ostida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari uchun bog‘chalarda tantanali bayram tadbirlarini tashkil etish belgilangan.