Biroz avval boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston va Sloveniya Prezidentlari ishtirokidagi biznes forumda Shavkat Mirziyoyev oʻzbek yoshlari bilan ham suhbatlashdi.
Quyida prezidentning gaplarini aynan keltiramiz:
“Hozirgina Sloveniya Prezidenti Natasha Pirs Musar xonim bilan kelayotgan paytimizda qarshimizdan oʻzbek yoshlari chiqdi. “Hurmatli prezident, men shu yerda oʻqiyman, sunʼiy intellekt boʻyicha shugʻullanaman”,- dedi. Bilasizmi, meni nima quvontirdi? Yigitlar Prezident xonim bilan sloven tilida erkin suhbatlashishdi. Bolalarim bilan faxrlandim, ha juda faxrlandim.
Mening asosiy kuchim— yoshlar. Bugungi kunda Oʻzbekiston aholisining 60 foizini (38 millionlik aholining) 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar tashkil qiladi. Ular bilan qanday qilib hisoblashmaslik mumkin?
Yurtimiz har yili taxminan bir million kishiga aholi koʻpaymoqda. Bu kelajakda — bu ustunlikka aylanadi.
Men oʻsha yoshlarni koʻrganimda, ikkalasi ham oʻziga ishongan, qatʼiy qarashli ekanini angladii. Ular allaqachon qoʻshma korxona tashkil etishga kirishganini maʼlum qilishdi.
Yana bir yosh yigit — sunʼiy intellekt sohasida oʻqiyotgan talaba — menga: “Janob Prezident, ishonch bilan aytaman, albatta Oʻzbekistonga qaytib kelaman dedi”, – deydi Shavkat Mirziyoyev.
