Manzil: Аlisher Navoi ko’chasi, Farg’ona, Узбекистан
Telefon: +998954019454
Litsenziya raqami: ОТ 0045
Manzil: Аlisher Navoi ko’chasi, Farg’ona, Узбекистан
Telefon: +998954019454
Litsenziya raqami: ОТ 0045
Birinchi o‘rinda — Oksford universiteti, 2-o‘rinda Massachusets texnologiyalar universiteti, 3-o‘rinda esa Harvard universiteti qayd etilgan. Top o‘ntalikni buyuk Britaniya va AQSH universitetlari egallagan bo‘lsa, Xitoy universitetlari ham ancha yuqoridan (top 20 talikda 12-, 13-o‘rinlar Xitoyda) joy olgani alohida qayd etilyapti. Ma’lumot uchun: top 2000 talikka O‘zbekistonning 3 ta OTM: Toshkent irrigatsiya va qishloq […]
1 iyuldan 30 iyulga qadar (shu kuni ham) respublika davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish rejalashtirilgan. Hujjatlarni topshirish magistr.edu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi. Eslatib o‘tamiz, yaqinda magistratura va doktoranturaga kirish uchun tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlan edi. Shuningdek, Oliy taʼlim vazirining buyrugʻi (65-son, […]
Joriy yilning 1-avgust kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandumga asosan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik aloqalarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan: – raqobatbardoshlik koʻnikmalari va raqamli savodxonlikni rivojlantirishga qaratilgan innovatsion pedagogik texnologiyalarni, oʻqitishning samarali shakl va usullarini, taʼlim sifatini baholash va monitoring qilishning zamonaviy tizimlarini joriy qilish; […]
24-26 avgust kunlari yurtimiz ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari, oliy tibbiy ta’lim o‘quv yurtlari va klinik ordinatorlarni o‘qitish vakolati berilgan xususiy klinikalari uchun klinik ordinaturaga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tadi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, test sinovlariga kirish soat 7:00 da boshlanadi. Talabgorlar tmbm.ssv.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnoma va o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi bilan […]
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Yagona elektron tizimi (erp.maktab.uz) orqali TRKI sertifikatini kiritish bo‘yicha quyidagi tartibga rioya qilinishi kerak: Ustama toʻlanishi uchun yetarli boʻlgan C1 yoki C2 darajada TRKI sertifikati boʻlgan hollarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Yagona elektron tizimiga kiritishda faqat sertifikat natijasini ( kiritishda boshqa jumlalardan foydalanmagan holda) kiritiladi. Masalan, C1 […]
Tadbirda respublikamizning turli hududlaridan 1000 nafardan ortiq taʼlim sohasidagi olimlar, ekspertlar va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari oʻqituvchilari oflayn va onlayn tarzda ishtirok etdi.
Shuningdek, infratuzilmadan kelib chiqib, muassasalar muayyan sport turlariga ixtisoslashtirib boriladi.
3 yoshgacha farzandi bor talaba-qizlar masofaviy ta’lim olishi mumkinmi? Joriy yilning 28-iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqot qilgan edi. Ushbu muloqotda Prezident yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid bir qator takliflarni ilgari surgan edi. Jumladan, kelgusida uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratilishi aytilgandi. Bu haqda huquqshunos bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev telegram […]
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatiga qilingan tashrif natijadorligini oshirish, muqobil energiya manbalarini joriy etish hamda sanoat korxonalari uchun jozibador sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishda aytilgan muammolarning sababi ham, yechimi ham professional kadrlar tayyorlash bilan bevosita bog‘liq, dedi davlatimiz rahbari. Qayd etilishicha, kasbga o‘qitish mehnat […]
Umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq barcha maktablarda yakuniy attestatsiya ertalab soat 8:00 dan boshlanadi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova 4-iyul kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda imtihonga kechikib kelgan abtiriyentlarning imtihonga kiritilishi bilan bog‘liq savollarga javob bergan edi. “Imtihonga kechikish mumkin emas. Imtihonlarning boshlanish aniq vaqti abituriyent ruxsatnomasida yozilgan bo‘ladi. Shu bois, abituriyentlardan ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib […]
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 282-sonli buyrugʻida mazkur meʼyorlar belgilangan. Unga koʻra taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining tashqi koʻrinishi boʻyicha quyidagi talablar belgilanadi: – tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirilmagan yoki pirsing qilinmagan boʻlishi, sochi tartibga keltirilgan va yorqin (gʻayrioddiy) ranglarga […]
Respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bo‘yicha turdosh oliy ta’lim yo‘nalishlarining Ro‘yxati 32-guruhiga ko‘ra Lingvistika: ingliz tili (yo‘nalish kodi 70230101) magistratura mutaxassisligi uchun quyidagi yo‘nalishlar mos va turdosh sanaladi: • 5111400-Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili, • 5120100-Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili, • 5120200-Tarjima nazariyasi va amaliyoti ingliz tili, • 5112200-Maktabgacha va boshlang‘ich […]
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga 2-Ilova Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom 32-bandiga ko‘ra tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada o‘qish muddati uzoq vaqt kasal bo‘lish, homiladorlik va tug‘ish ta’tilida bo‘lish davriga, shuningdek harbiy yig‘inlarga chaqirilish munosabati bilan uzaytirilishi mumkin. Shunga ko‘ra ushbu vaziyatda bu holatlardan biri mavjud va […]
Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun test sinovlari (yozma qismi) 2024-yil 11-12-may (shanba, yakshanba) kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.
Ta’lim vazirliklarining Adliya vazirligi ro’yxatidan o’tkazilgan (29.05.2024 №3515) yangi qarori bilan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga kirish imtihonlari uchun xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi. Sertifikatlarning to‘liq ro‘yxati bilan rasmda tanishishingiz mumkin: Izoh: 1) amal qilish muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab […]
Toshkent shahrida 2-sinfda o‘qiydigan qizini 8,7 ming dollarga sotgan ayol va uning sherigiga sud hukm o‘qildi. Ma’lum qilinishicha, Toshkentdan kelgan ayol besh nafar farzandning onasini qistovga olgan. So‘ng bir oila buzilib ketmasligi vaji bilanqizini olib ona poytaxtga “mijoz”larining sharoitini ko‘rish uchun borgan. Vositachilikni esa uning qo‘shnisi qilgan. Kelishuv bo‘yicha mijoz tarafdagi ayol 10 million so‘m, qo‘shni […]
27-iyuldan boshlab imtihonning ikkinchi bosqichi, ya’ni tanlov bosqichi boshlandi. Abituriyentlar 15 kun davomida imtihon topshirgan fan majmuasidan kelib chiqib, yo‘nalish hamda OTMlarni tanlaydi. Joriy yilgi test sinovlarida ham beshtagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati mavjud. Abituriyentlar istalgan 5 ta OTM hamda 5 ta yo‘nalish tanlash mumkin. Shuningdek, bitta OTMda 5 xil yo‘nalish tanlasa ham bo‘ladi. […]
Yangi o‘quv yili uchun super kontrakt miqdori tasdiqlanganligi haqida turli telegram kanallarda xabarlar tarqalmoqda. Tahririyatimiz tomonidan super-kontraktga oid eng muhim savollarga javoblar shu yerga jamlandi. Joriy yilda super-kontrakt narxi qancha? OTMlarga kirish imtihonlarida toʻplagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga yetmagan abituriyentlar uchun bazaviy toʻlov-kontrakt miqdori har yili taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha […]
Oʻtgan 5-yilda 13 ming 500 dan ortiq kompyuter sinf xonalari 200 mingta zamonaviy kompyuter bilan taʼminlangan. Bugungi yig’ilishda, kelgusi yil yana 2 mingdan ziyod kompyuter sinflari yangilanishi, bunga byudjetdan 400 milliard soʻm berilishi ma’lum qilindi. Bu kompyuterlarga elektron taʼlim kontentlari yuklanib, bolalar uchun mustaqil taʼlim olish imkoniyati oshadi. Shuningdek, oʻquvchilar murrakab konsepsiyalarni oson […]