Bolalar kontentini rivojlantirish markaziga Jahongir Ahmedov direktor etib tayinlandi

Bolalar kontentini rivojlantirish markaziga Jahongir Ahmedov direktor etib tayinlandi

Bugun, 15-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab taʼlimi yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

 

 

Yig’ilish davomida bolalar kontentini rivojlantirish markaziga direktor etib taniqli rejissyor Jahongir Ahmedov tayinlangan.

 

Shuningdek, sanoqli kunlardan keyin 6 milliondan ziyod oʻquvchi va 1 milliondan ortiq talaba taʼtilga chiqishi taʼkidlangan. Yoz oylarida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish muhim ahamiyatga ega ekani koʻrsatib oʻtilgan.

 

 

Barcha hokimlar va taʼlim sohasi rahbarlariga yozgi taʼtil vaqtida barcha taʼlim muassasalarining sport maydonchasi va oʻquv xonalarida yoshlar uchun sport, fan va kasb toʻgaraklarini ochish topshirilgan.

 

 

Jumladan, oʻzlashtirish darajasi past maktablarga oqsayotgan fanlar boʻyicha eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinib, oʻquvchilar uchun haftasiga olti soatlik oʻquv kurslari tashkil qilinishi belgilangan.