Mehnat kodeksining 187-moddasiga koʻra, ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.
Ertaga, 9-may – Xotira va qadrlash kuni, yaʼni ishlanmaydigan bayram kuni. Demak, bugun barcha xodimlar kamida 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqqi bor.
187-modda. Ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.
