Hindistonlik talaba Toshkent tibbiyot akademiyasidagi taʼlimdan noroziligini bildirdi. Vazirlik rad etdi

Hindistonlik talaba Toshkent tibbiyot akademiyasidagi taʼlimdan noroziligini bildirdi. Vazirlik rad etdi

Xabaringiz bor, Toshkent tibbiyot akademiyasida tahsil olayotgan hindistonlik birinchi kurs talabasi oliygohning ta’lim tizimi, undagi kamchiliklar, o’qituvchilarning ingliz tilini yaxshi bilmasligidan norozi ekanligini bildirgan edi.

 

 

Shundan so’ng, Oliy taʼlim vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Toshkent tibbiyot akademiyasiga borib, hindistonlik talabalar bilan uchrashdi.

 

 

Vazirlik matbuot xizmatiga koʻra, Sharipov Toshkent tibbiyot akademiyasidagi oʻquv jarayonlari va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishgan. Shundan keyin xorijlik, xususan hindistonlik talabalar bilan muloqot qilgan.

 

Hindistonlik talaba Toshkent tibbiyot akademiyasidagi taʼlimdan noroziligini bildirdi. Vazirlik rad etdi

“Suhbat davomida talabalar universitetda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlardan mamnun ekanliklarini, taʼlim sifati, professor-oʻqituvchilar bilan muloqot va yashash imkoniyatlari borasida ijobiy fikrlarni bildirdilar”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Uchrashuv yakunida vazir universitet rahbariyatiga xorijlik talabalar uchun qulayliklarni yanada ko‘paytirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida tegishli topshiriqlar bergan.

 

Hindistonlik talaba Toshkent tibbiyot akademiyasidagi taʼlimdan noroziligini bildirdi. Vazirlik rad etdi