Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi oʻtkaziladi

Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi oʻtkaziladi

Joriy yilning 7-13-may kunlari Toshkent shahrida Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi bo’lib o’tadi. Bu haqda O’zbekiston maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o’zining telegram kanalida ma’lum qilgan.

 

 

Qayd etilishicha, unda Turkiya, Ozarbayjon, Belarus, Malayziya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston jamoalaridan 202 nafar ishtirokchi qatnashadi.

 

 

III Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi ilk marotaba 2 ta fan – matematika va informatikadan tashkil etilmoqda.