«O‘g‘rilik va firibgarlik ko‘paygan»: OTMlarda jinoyatchilik statistikasi eʼlon qilindi

«O‘g‘rilik va firibgarlik ko‘paygan»: OTMlarda jinoyatchilik statistikasi eʼlon qilindi

29-aprel kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash, o‘quvchilar tarbiyasi, ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish oʻtkazilgan.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Yig‘ilishda taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yil davomida oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 335 tani tashkil qilgan.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Eng ko‘p holatlar davlat oliy o‘quv yurtlarida (179 ta) va nodavlat oliygohlarda (140 ta) qayd etilgan.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Jinoyatlarning asosiy qismini firibgarlik (72 ta), o‘g‘rilik (57 ta), tan jarohati yetkazish (46 ta) va bosqinchilik (41 ta) tashkil etgan.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Joriy yilning birinchi uch oyida yoshlar tomonidan jami 335 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, ularning 16 tasi xorijiy, 140 tasi nodavlat, 179 tasi davlat universiteti talabalar hissasiga to‘g‘ri keladi.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Tadbir davomida 2025-yil boshida 63 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilgan profilaktik inspeksiya natijalari ham e’lon qilindi.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ 51 ta OTMda ichki ishlar xodimlari faoliyat yuritmoqda, ularning 34 tasi nodavlat, 16 tasi xorijiy ta’lim muassasalaridir.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Mutasaddi tashkilotlar tomonidan oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan 1091 ta tarbiyachi shtati mavjud ekani, ulardan 1037 nafari faoliyat yuritayotgani va qamrov darajasi 95 foizga yetgani bildirildi.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Ayni paytda 24 ta xususiy va 16 ta xorijiy oliygohda tarbiyachi faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠