Joriy yilning 11-17-aprel kunlari Kosova Respublikasida Yevropa Qizlar Matematika Olimpiadasi boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston terma jamoasi qizlari 3 ta medalni qoʻlga kiritdi:
Dildora Mahkamova — Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf oʻquvchisi — kumush medal;
Malika Xojamuratova — Nukus shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf oʻquvchisi — bronza medal;
Nastarin Kamolova — Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumani ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf oʻquvchisi — bronza medal.
Ushbu fan olimpiadasida 55 ta davlatdan 300 nafarga yaqin oʻquvchi qiz qatnashgan. Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston terma jamoasi mazkur musobaqada ilk marotaba ishtirok etdi.
